02 dek 12:00
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC`dan "haydalgan" Kevin Li 7 yillik faoliyatidan qancha ishlab topganini ochiqladi
Endilikda sobiq UFC jangchisi Kevin Li ushbu promoushendagi 7 yillik faoliyatidan qancha pul ishlab topganini malum qildi.
"Etti yillik faoliyatimdan taxminan 1 million dollar ishlab topdim. Albatta, men oktagondan tashqaridan bundan ko'proq pul ishlab olaman. Pul muhim va hammaga ham kerak. Meni UFC olamidan tashqarida katta ishlar kutmoqda. Hozirning o'zida menda uchta turli promoushenlardan takliflar bor", — dedi Li.
Bir muddan avval Kevin Nevada Atletik komissiyasi tomonidan 6 oyga diskvalifikaciya qilingan edi. Uning narkotik uchun topshirgan test tahlilida amfetamin moddasi aniqlangan va komissiya azolari bir ovozdan Lini chetlatish haqida qaror qabul qilishgandi.
Havola :
Fikrlar