09 iyu 05:58
Yangiliklar
UFC'ga "erkalik" qilayotgan Figeredo o'z vaznida qolish uchun shartini aytdi
"Barcha chempionlar orasida eng qisqa muddatda ikkinchi bor jang qilib, UFC musobaqasining asosiy jangini saqlab qoldim, endi esa meni "sindirishyapti". Kamar meniki. Moreno va Kara-Frans "plastmas" kamar uchun jang qiladi.
Bu vazndan ketishimni istisno qilmayman. UFC bilan kelishib olsak, gonorarimni oshirishsa, qolishga tayyorman. Lekin bunday bo'lmasa, eng engil vaznga o'tishga majbur bo'laman. Gonorarimni oshirishsagina o'ta engil vaznda qolaman.
Eng engil vaznga o'tishni avvaldan xohlaganman, so'nggi uch jangimni o'sha vaznda o'tkazishni rejalashtirgandim. Vaqtinchalik chempion unvonini joriy etish orqali ular eng engil vaznga o'tishim ehtimolini 95%ga oshirishdi", - deya Figeredoning so'zlarini keltiradi MMA Fighting axborot nashri.
Fikrlar