24 iyu 11:26
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC'ga o'tishi kutilayotgan Anvar Boynazarovning Dana Uayt ligasidagi ilk jangi sanasi va raqibi malum bo'ldi
Xabaringiz bor, hamyurtimiz Anvar Boynazarov bir necha oy ilgari Dana White Contender Series bilan shartnoma imzolagan edi.
Malum bo'lishicha, Boynazarov yangi promoushenidagi ilk jangini 9 avgust kuni, Erik Silvaga qarshi o'tkazadi. Jang Las-Vegasdagi UFC Apex arenasida bo'lib o'tadi.
Takidlash joiz, Anvarning MMAdagi statistikasi hozircha: 3-0. Erik Silvada esa bo' ko'rsatkich quyidagicha: 7-2-0.
Eslatib o'tamiz, Boynazarov so'nggi jangini 26 yanvar kuni Jon Famga qarshi o'tkazib, jangning 22 soniyasidayoq nokaut evaziga g'alaba qozongan edi. Hamyurtimizning g'alabasiga engil vaznda UFC'ning sobiq chempioni CHarlz Oliveyra ham munosabat bildirgan edi.
Avvalroq, hamyurtimiz "piar"ga berilib ketayotgan sportchilarimiz haqida fikr bildirgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar