So’nggi yangiliklar

13:58Дрикус дю Плесси Чимаев мағлубиятидан сўнг: "Менимча, яна чемпион бўламан" 0 13:37Фабрегас бошқарувидаги "Комо" тарихга кирди 0 13:16Уайт — Макгрегор ҳақида: "Келишув йўқ, аммо мен ҳар қачонгидан ҳам бунга ишоняпман" 0 12:55Стрикленд тан олди 0 12:34Cамарқандда Uzbekistan Judo Tour мусобақаси бошланди 0 12:13"Барселона" футболчиси тарихда илк марта Топ-5 лиганинг тўрттасида чемпион бўлди 0 11:52Имавов эҳтимолий реваншда Стриклендни нокаут қилишини айтди 0 11:31Тошкент мезбонлик қилган U18 ёш тоифасидаги Осиё соҳил волейболи чемпионатида совринсиз қолдик 0 11:10Дюбуанинг гонорари Уордлиникидан 2,5 баробар кўп бўлди 0 10:49Ямаль Криштиану Роналдудан ўтиб кетди 0 10:28Тимофеева фаолиятидаги илк чемпионлик турниридан қанча мукофот пули ва рейтинг очкоси ишлаб олди? 0 10:07Ўзбек боксчиси Дана Уайтга тегишли Zuffa Boxing`да дебют қилди 0 09:46Муҳаммад Мокаев Жейк Полнинг биринчи турнирида жанг қилмайди 0 09:25"Барселона" "Реал"ни мағлуб этиб, муддатидан аввал Ла Лига чемпиони бўлди + ВИДЕО 0 09:04Хамзат Чимаев Шон Стрикленд билан реваншга ишора қилди 0

21 jan 13:21
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC'ning 2 chempioni 2 yil ichida o'zaro 4-marta jang o'tkazadi - ular tarix yozishyapti. Siz bu serialdan charchadingizmi?

Bu safar Figeyredo va Moreno Braziliyada o'zaro to'qnash kelishadi.

2020 yilda Stipe Miochich Daniel Korme bilan trilogiyani yakunladi. 2021 yilda Dastin Pore Konor Makgregorga qarshi uchinchi marta jang qildi. Deyvison Figeyredo va Brendon Morenoning seriyasi esa tamomila boshqacha: ular ketma-ket uch marta jang qilishdi, lekin intrigani saqlab qolishdi (durang va bittadan g'alaba).

Endi Figeyredo va Moreno tarix yozmoqda: chempion va vaqtinchalik chempion to'rtinchi bor jang o'tkazishadi — UFC'da bunday holat hech qachon kuzatilmagan. Ular uchchala jangni ham AQSHda o'tkazishgan, ammo endi Braziliyada to'qnash kelishadi.

Birinchi jang - durang: Figeyredo sho'rvadan zaharlandi, Morenoga taqiqlangan zarba yo'lladi, ammo yutqazmadi.

Figeyredo va Moreno birinchi marta 2020 yilning dekabrida to'qnash kelishdi. Figeyredo taqiqlangan zarba bergani uchun ochko yo'qotdi, ammo chempionlik kamarini o'zida saqlab qoldi – ko'pchilik o'sha jangda durang natija qayd etilganini aytgan edi.

Moreno uchun bu uning faoliyatidagi ikkinchi durang: 2019 yilda Askar Askarovga qarshi bahs ham shunday natija bilan yakun topgandi. Figeyredo zaharlanish haqida gapirdi (uning menejeri sho'rva aybdor ekanligini aytdi: “Jangda g'alaba qozonganimga ishonchim komil edi. Mening oshqozonimda infekciya bor edi, bu meni kecha soat ikkigacha kasalxonada qolishga majbur qildi".


Ikkinchi jang - Morenoning g'alabasi: og'ritish usuli va birinchi chempionlik

Birinchi to'qnashuvdan so'ng Figeyredo sog'lig'i bilan bog'liq muammolarni esladi va revansh jangida birinchi raunddayoq Morenoni nokautga uchratib qo'yishini aytdi. Ammo u og'ritish usuli bilan yutqazdi. Figeyredo ikki chempionlik himoya jangidan so'ng kamaridan mahrum bo'ldi, Moreno esa birinchi marta o'ta engil vazn toifasida chempion bo'ldi.


Uchinchi jang - Figeyredoning g'alabasi: kamarni qaytarish va to'rt oy uydan uzoqda bo'lish

Figeyredo treshtokda davom etdi: u Morenoni birinchi bo'lib nokautga tushirishga vada berdi. Moreno kamarni saqlab qolish haqida gapirdi, lekin yutqazdi. Nokaut sodir bo'lmadi: Figeyredo bir ovozdan g'alaba qozondi va kamarni qaytardi. Jangdan oldin u to'rt oy davomida oilasini ko'rmadi, lekin darhol Moreno bilan seriyani davom ettirishga rozi bo'ldi - hatto Meksikada.

To'rtinchi jang: irqchilik ayblovlari va Figeyredo uchun rekord darajadagi gonorar

2020 yildan beri Figeyredo faqat Morenoga qarshi kurashgan. U bitta raqibga qarshi tayyorgarlik ko'rishdan charchaganini aytdi: “Agar UFC to'rtinchi jang o'tkazishni istasa, o'ta engil vazn toifasi uchun tarixiy pul to'lasin. Men bir million dollar istayman. Menga bu raqam yoqadi".

Morenoning o'zi Figeyredoga qarshi uchta jangdan so'ng zanjirni buzdi va Kaem Kara-Frans bilan jang qildi - bu uni vaqtinchalik chempionga aylantirdi. Figeyredo UFC ikkinchi kamar uchun o'ynaganidan g'azablanib, ultimatum qo'ydi: "Biz Genri Sexudo bilan bu divizionni saqlab qoldik va UFC'ning bu qadamidan so'ng men qaror qabul qilishga yaqin turibman. Bunday holda, men engil vazn toifasiga o'taman".


2022 yil mart oyida Figeyredo Moreno jamoasini irqchilikda aybladi: "Ular meni maymun deb atashdi va menga maymun yuzini fotoshop qilishgacha borishdi". U Kara-Fransdan raqobatlashishni so'radi, yana engil vaznga o'tishi uchun bosim o'tkazdi (bu chorlovga Petr Yan javob qaytardi) va gonorarni oshirishni so'radi.

Moreno Figeyredoni kamarni o'zida saqlab qolish maqsadida boshqa raqib qidirayotgani uchun qoraladi: “To'rtinchi jang bu qarama-qarshilikni yakunlash uchun zarur. Men divizionni buzmaslik va muammoni hal qilish uchun kurashishga tayyorman".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing