06 okt 10:56
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC'ning beshinchi raqamli jangchisi ham Xamzatga qarshi jang qilmaydi. Nega?
Yarim o'rta vazn toifasida UFC reytingining beshinchi pog'onasida borayotgan jangchisi Stiven Tompson Xamzat CHimaevga qarshi jang qilmasligini malum qildi.
“Unga qarshi jang qilmayman. Nega? CHunki bu to'qnashuvdan mano ko'rmadim. Men beshinchi raqamli jangchiman, u esa hali reytingga ham kirmagan. Xamzat mening darajam emas, menga reytingda o'zimdan yuqorida borayotgan jangchilar kerak. Bu darajaga chiqishim uchun ancha vaqt kerak bo'ldi. CHimaev ham boshini hamma erga suqmasdan, to'g'ri yo'ldan kelsin”, - dedi Tompson.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar