09 iyu 11:56
Yangiliklar
Tennis
Uimbldon. Dunyoning oltinchi raketkasi ikkita matchboldan chiqib ketdi
London shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Uimbldon turniri davom etmoqda.
Dunyoning oltinchi raketkasi Xolger Rune 1/16 finalda jiddiy qarshilikka duch keldi. Daniyalik tennischi ATP reytingida 34-o'rinda borayotgan ispaniyalik Alexandro Davidovich Fokinani besh set natijasiga ko'ra qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 4/6, 3/6, 6/4, 7/6(8).
G'olib nomi taybekda aniqlandi. Rune ikki bor matchboldan chiqib ketib g'alaba qozongani etiborga molik holat. Uch soatu 58 daqiqa davom etgan bahsda Rune 19, Davidovich Fokina esa 7 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar ikkala tennischida ham 4 tadan bo'ldi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida hisob tenglashdi - 1:1.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar