14 iyu 15:25
Yangiliklar

Uimbldon. Mikst bahslarida g'oliblar malum + FOTO
Londonda davom etayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining dastlabki g'oliblari malum bo'ldi.
Mikst, yani aralash juftlik turnirida xorvatiyalik Mate Pavich va ukrainalik Lyudmila Kichenokdan iborat tandem bosh sovrin sohiblariga aylanishdi. Ular final uchrashuvida belgiyalik Yoran Fligen hamda xitoylik I-Fan Syu juftligini mag'lub etishdi - 6/4, 6/7(9), 6/3.
Ikki soatu o'n daqiqa davom etgan final bahsida Pavich/Kichenok juftligi 9, Fligen/Syu hamkorligi esa 5 ta eys zarbani amalga oshirgan.
Pavich faoliyatida uchinchi bor "Katta Dubulg'a" turnirlarining mikst bahslarida g'oliblikni qo'lga kiritdi. Kichenok uchun esa bu birinchi sovrin bo'ldi. Ular Londondagi muvaffaqiyatli ishtirok uchun 128,000, Fligen va Syu esa 64,000 funt sterling mukofot puliga ega bo'lishdi.
Havola :
Fikrlar