20 apr 18:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Uittakerga qarshi jangi bekor bo'lgan Vettori Xamzatga "vyzov" tashladi
UFC 275 kechasida Marvin Vettori Robert Uittakerga qarshi jang qilishi lozim edi.
Biroq Uittaker jarohat oldi va ularning janglari bekor bo'ldi. Endi italiyalik sportchi 11 iyun kuni Xamzat CHimaev yoki Darren Tillga qarshi oktagonga ko'tarilmoqchi.
«O'rta vazn toifasida faqatgina men jangdan voz kechmagan yagona jangchi bo'lsam kerak. Har qanday holatda ham men belgilangan jangga tayyor bo'lganman. Xamzat CHimaev, Darren Till! Jangga rozimisizlar?»,-deb yozib qoldirgan Vettori.
Malumot uchun, UFC 275 kechasining markaziy jangida yarimog'ir vazn chempioni Glover Teyshera Irji Proxazkaga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar