03 iyu 15:59
Yangiliklar
Dzyudo

Ukraina dzyudo bo'yicha Jahon chempionatini o'tkazib yuboradi, sababi yana o'sha urush
13 iyun kuni Vengriyada dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi navbatdagi Jahon chempionati start oladi.
Musobaqa startiga bir necha kunlar qolganida Ukraina terma jamoasining unda ishtirok etmasligi malum bo'ldi.
Ukraina dzyudo federaciyasining rasmiy sahifalari bunga sabab sifatida Jahon chempionatida Belarus terma jamoasi azolariga o'z bayrog'lari ostida ishtirok etishi uchun ruxsat berilganini ko'rsatmoqda.
Vengriyadagi Jahon chempionatida Belarusdan ikki nafar dzyudochi — Aleksandr Sidorik hamda Egor Voropaev (har ikkisi 90 kg vaznda) ishtirok etadi.
Havola :
Manba : t.me/judo_art
Fikrlar