19 okt 13:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Ukrainalik bokschi mag'lubiyatidan so'ng Lomachenkoning ustidan kuldi + FOTO
Xabaringiz bor, kecha Vasiliy Lomachenko chempionlik jangida Teofimo Lopesga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Mana shu mag'lubiyatdan so'ng ukrainalik bokschi Ivan Redkach Lomachenkoni qo'llab-quvvatladi.
Biroq, oradan biroz vaqt o'tib Redkach Lomachenkoning ustidan kuldi. U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga Lopes chaqaloq Lomachenkoni ushlab turgani aks etgan suratni joylashtirdi.
"Bugungi kunda odamlar narxni bilishadi, ammo xech narsani qadrlashni bilishmaydi", - deb yozib qoldirgan bokschi.
Avvalroq Redkach Lomachenkoning mag'lubiyati sabab kattagina pul ishlab olgani haqida xabar qilingandi.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar