So’nggi yangiliklar

18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0

11 iyu 14:00
Yangiliklar

Gimnastika, Tokio-2020

Ular Olimpiadaga borishadi – Ekaterina Xilko

Teglar :  XilkoGimnastika
Rio-2016 Olimpiadasiga yo'llanma olgan sportchilarimizni tanishtirishda davom etamiz.


Bugungi qahramonimiz – trampolin bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi etakchi vakili Ekaterina Xilko.


Ekaterina Xilko – 1982 yilning 25 mart kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Bu sport turi bilan bolaligidan shug'ullanadi. Bunga oilaviy muhit ham tasir qilgan. Onasi va tog'asi sport gimnastikasi bo'yicha murabbiylik qilishgan. Aynan ularning qo'l ostida sportdagi faoliyati boshlangan.

2000 yili ilk bor olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan. Xilko Avstraliyaning Sidney shahrida o'tkazilgan Olimpiadada to'rtinchi o'rinni egalladi. Bronza medallaridan uni qandaydir kichik ballar ajratib qoldi. Oradan to'rt yil o'tib, Ekaterina Afina Olimpiadasida ham qatnashdi. Bu safar ham unga shoxsupadan joy olish nasib qilmadi. 2006 yili Qatar poytaxti Doha shahrida o'tkazilgan Osiyo o'yinlarida bugungi qahramonimiz bronza medaliga sazovor bo'ldi. 

Xilko 2008 yili o'z faoliyatidagi uchinchi Olimpiadada ishtirok etdi. Aynan ushbu to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi sportchimizga omad keltirdi. Eekaterina Xilko 2008 yilgi Pekin Olimpiadasida bronza medalini qo'lga kiritdi. Omadli onlar 2009 yilda ham davom etdi.


U shu yili jahon chempionatining bronza medali bilan taqdirlandi. 2010 yilda Xitoyning Guanchjou shahri mezbonlik qilgan Osiyo o'yinlaridan u yana bronza medali bilan qaytdi. Xilko 2012 yili Londonda tashkil etilgan Olimpiya o'yinlarida to'rtinchi bor ishtirok etdi. Lekin medal olish nasib qilmadi.

Yaqinda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida trampolin bo'yicha o'tkazilgan licenzion musobaqada hamyurtimiz saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tib, kuchli sakkizlikdan joy olish bilan birga XXXI yozgi Olimpiya o'yinlariga ham yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Etiborlisi, Rio-2016 o'yinlari Ekaterina Xilkoning faoliyatidagi beshinchi Olimpiada bo'ladi. SHu o'rinda takidlash joiz, dunyo trampolinchilari orasida shu kunga qadar to'rt nafar sportchi to'rt marotabadan Olimpiya o'yinlarida qatnashish huquqini qo'lga kiritgan edi. Demak, Ekaterina Xilko bu borada jahonda yakka peshqadamga aylandi.

Hozirda hamyurtimiz tajribali murabbiy Roza Yoqubova qo'l ostida Yozgi olimpiya o'yinlariga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Rio-2016ga yo'llanma olgan barcha sportchilarimiz qatori Ekaterina Xilkoga ham omad va zafar yor bo'lishini tilab qolamiz.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing