05 iyu 18:02
Yangiliklar

"Ular shunchaki ahmoqlar". O'Melli UFC hakamlarini tanqid qildi
Uning braziliyalik Pedro Munosga qarshi jangida hakamlar birinchi raundda aynan Munosning g'alabasini qayd etishgandi.
"Hakamlar menga zarba berishga urinib ko'rishsin, ular bu qanchalik og'ir ekanligini tushunib olishadi. Pedro har safar menga zarba berganida, u mendan ko'ra o'ziga ko'proq og'riq etkazdi. Bu ko'rinib turgandi.
Hakamlar shunchaki ahmoq. Rostan, shunchaki ahmoq. Ular qaysi jangni ko'rishdi? Meni xech kim urgani yo'q. Qanday qilib raundni unga berib yuborish mumkin? Bundan xech qanday mano yo'q", - dedi O'Melli.
Eslatib o'tamiz, ushbu jang ikkinchi raundda to'xtatildi. O'Melli ikkinchi raundda raqibining ko'ziga qo'lini tiqib olgandi. SHundan so'ng, bahs o'tkazilmagan deb hisoblandi.
Fikrlar