30 dek 17:41
Yangiliklar
Boks/MMA
"Ular tresh-tok va shou istashadi, lekin..." Xabib Nurmagomedov UFC haqida gapirdi
UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov asosiy etiborini sportga emas, uning atrofidagi shoularga qaratayotgan promoushenlarni, shu jumladan UFC'ni tanqid qildi.
"Ular tresh-tokni, ko'ngilxushlikni istashadi. Ammo bu sport. Birga-bir holatda biz kim dunyodagi eng zo'ri ekanligini ko'ramiz. Bu "eng zo'r raqqos", "eng zo'r soch turmagi" yoki "eng ko'p obunachilar" emas. Bu "eng zo'ri eng zo'rlarga qarshi" bo'lishi kerak.
Bazi promouterlar shu sababdan jangchilar bilan shartnoma tuzmasligini ko'ryapman. Bu menga yoqmayapti. Adolatli bo'lish kerak", - dedi Xabib.
Havola :
Manba : Sport.es
Fikrlar