15 may 13:35
Yangiliklar
Paralimpiya

Uljon Amrieva jahon chempioni bo'lgan o'zbekistonlik birinchi ko'zi ojiz para dzyudochiga aylandi!
Ostona shahri mezbonlik qilayotgan para dzyudo bo'yicha jahon chempionatidan xushxabar!
Ayollar o'rtasida J1 klassida (ko'zi ojizlar) -64 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Uljon Amrieva final bahsini yakunladi. Ahamiyatlisi, istedodli sportchimiz oltin medal uchun kechgan kurashda braziliyalik Silva Larissaga qarshi tatamiga chiqdi va ippon bahosi bilan g'alaba qozondi.
Takidlash lozimki, Uljon Amrieva ushbu g'alabasi orqali jahon chempioni bo'lgan o'zbekistonlik birinchi ko'zi ojiz para dzyudochiga aylandi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar