19 sen 19:24
        Yangiliklar	
	
				
				    Taekvondo			    
				
				
			
				Ulug'bek Rashitov Seulda Otabek Umarov bilan uchrashdi (FOTO)
O'zbekistonlik taekvondochi, ikki karra Olimpiya o'yinlari g'olibi Ulug'bek Rashitov Koreya Respublikasida mashg'ulotlarni davom ettiryapti.
			Sportchi Instagram sahifasi orqali O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov bilan birga ekani aks etgan suratni joyladi va uni quyidagicha izohladi:
"Menga yaqin inson bilan ajoyib oqshom! SHunday katta akalar borligi uchun Alhamdulillah".

Ulug'bek 2027 yil may oyiga qadar musobaqalarda ishtirok eta olmaydi. U Parij Olimpiadasidagi g'alabasidan so'ng Los-Anjelesdagi o'yinlarda 80 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etishiga ishora qilgandi.
            Havola            :         
                    Manba                : instagram.com/ulugbekrashitov
            
			
Fikrlar