22 okt 07:52
Yangiliklar
Boks/MMA
Ulug'bek Sobirov Malayziyada 9-jangini o'tkazdi
Professional boksda mag'lubiyatsiz odimlayotgan charm qo'lqop ustamiz Ulug'bek Sobirov Malayziyada o'zining to'qqizinchi jangini o'tkazdi.
Ushbu bahsda hamyurtimizga indoneziyalik Stiv Ferdinandus raqiblik qildi. Butun jang davomida katta ustunlikka ega bo'lgan Ulug'bek tajribali raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi.
Malumot uchun, Ulug'bek Sobirov professional faoliyati davomida 9 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Beshta jangini muddatidan oldin o'z foydasiga hal qilgan.
Ferdinandus esa 45 marotaba ringga chiqib, ularning 27 tasida g'olib bo'lgan (14 tasi nokaut bilan). Kecha u o'n ettinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Bitta jangda durang natija qayd etilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar