17 okt 18:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Ulug'bek Sobirov Malayziyada jang o'tkazadi
Professional boksda mag'lubiyatsiz odimlayotgan bokschimiz Ulug'bek Sobirov 21 oktyabr kuni Malayziyada o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi.
Ushbu bahsda hamyurtimizga indoneziyalik Stiv Ferdinandus raqiblik qiladi.
Malumot uchun, Ulug'bek professional faoliyati davomida 8 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. 5 ta jangni muddatidan oldin o'z foydasiga hal qilgan. Ferdinandus esa 44 marotaba ringga chiqib, ularning 27 tasida g'olib bo'lgan (14 tasi nokaut bilan). 16 ta jangda mag'lubiyatga uchragan bo'lsa, yana 1 ta bahsda durangga erishgan.
Olamsport.com sayti mazkur jangda bokschimizga omad tilaydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar