14 may 13:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Umar Kremlyov IBA prezidentligiga qayta saylandi
Xalqaro boks associaciyasi - IBAning amaldagi prezidenti Umar Kremlyov o'z lavozimida qoldi.
Bugun Istanbulda tashkil etilgan prezidentlik saylovida u o'z lavozimiga qayta saylandi.
Avvalroq ushbu lavozim uchun unga Niderlandiya vakili Boris van der Vorst raqobat qilishi kutilgandi. Biroq, saylovga bir necha kun qolganida uning nomzodi saylovdan olib tashlandi. Sabab - u boshqa boks tashkiloti azosi ham hisoblanadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar