26 iyu 14:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Umar Nurmagomedov bugungi g'alabasidan so'ng nimalar dedi?
Bugun rossiyalik UFC jangchisi Umar Nurmagomedov Neyt Menissga qarshi oktagonga ko'tarildi va raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etdi.
Jangdan so'ng Umar Nurmagomedov bahs haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Oson jang bo'lmadi, raqibim ancha kuchli edi. Menga ishonganlarga rahmat aytaman. Jamoamga, otamga bugungi jangdagi tayyorgarlik uchun minnatdorman. Keyingi jangimni TOP-10 vakiliga qarshi o'tkazishga umid qilaman. Lekin hozirning o'zida chempionlik uchun jang qilishga tayyorman. Menga raqib kim bo'lishining ahamiyati yo'q»,-dedi Umar.
Malumot uchun, bu g'alaba Umar uchun professioanl faoliyatidagi 15-bo'ldi. Hozircha uning hisobida mag'lubiyat yo'q.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar