19 jan 18:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Umar Nurmagomedov: Hammasini Xabib nazorat qilmoqda
Amaldagi UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning ukasi Umar Nurmagomedov o'zining UFC dagi debyut jangiga qay tarzda tayyorgarlik ko'rayotgani haqida malumot berdi.
"Hammasini Xabib nazorat qilmoqda. U har doim men bilan va mashg'ulot jarayonimni nazorat qilmoqda. Undan so'ng Xaver Mendes. Uyimda ham murabbiylar bor, ular ham meni nazorat qilib borishadi.
Albatta, Xabib jangim paytida mening yonimda bo'ladi. Sening burchagingda hamma ko'rsatmani to'g'ri beradigan inson bo'lsa, bu juda katta yutuq. Agar ular bo'lmasa ham men o'z ishimni qilaman. Men o'zimni UFC darajasidagi jangchi ekanimni isbotlashga tayyorman", -dedi Umar Nurmagomedov.
Eslatib o'tamiz, Umar Nurmagomedovning UFC dagi birinchi raqibi Sergey Morozov bo'ladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar