So’nggi yangiliklar

12:04Богдан Гусков: "Мақсад - нокаут!" 0 11:33Ўзбек спортчиси Жон Жонс ва Илия Топурия билан бир жамоада: "Бардак" АҚШдаги менежерлик компанияси билан келишувга эришди 0 11:02Chennai Open. Кудерметова муваффақиятли старт олди 0 10:31ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0 09:45Уиттакер Гусковнинг зарба кучини юқори баҳолади 0 08:52Ирода Тўлаганова Республика олимпия захиралари теннис мактабига директор этиб тайинланди 0 19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0

31 dek 09:55
Yangiliklar

Boks/MMA

Umar Nurmagomedov sobiq UFC chempioniga "vyzov" tashladi

UFC reytingida 14-o'rinni egallab turgan Umar Nurmagomedov 2024 yilda katta janglarda oktagonga chiqishni maqsad qilgan.

U o'ta engil vazn toifasida sobiq chempion Deyveson Figeredoga qarshi jang qilish istagini bildirdi. Figeredo yaqindagina o'zi uchun yangi vaznda debyut qilgandi. 

"Deyveson Figeredo", - deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qisqa xabar qoldirgan Umar. 

Ushbu post ostidagi izohlarda muxlislardan biri Nurmagomedovdan UFC`da 6 ta g'alabali seriya bilan kelayotgan Jonatan Martinez bilan jang o'tkazishni taklif qilgan. Umar bu taklifga ham qisqa va lo'nda javob bergan: "Istalgan vaqtda"  

Dekabr oyi boshida Deyveson Figeredo hakamlarning yakdil qarori bilan Rob Fontni mag'lubiyatga uchratgan edi. Bu g'alabadan keyin u o'zi uchun yangi reytingda 8-o'ringa ko'tarilib olgandi. Jonatan Martinez esa oktyabr oyida divizonning 12-pog'onasida borayotgan Edrian Yanizni nokautga uchratgandi. 

Umar Nurmagomedov UFC oktagonida 4 ta jang o'tkazib, barchasida zafar quchgan. So'nggi jangida braziliyalik Raoni Barselosni birinchi raundning o'zida nokautga uchratgan edi. Aslida rossiyalik avgust oyida amerikalik Kori Sendxagenga qarshi jang o'tkazishi kerak edi. Ammo Umarning jarohati sabab bu jang bekor bo'lgandi. Katta ehtimol bilan Koriga qarshi jang davogarlik maqomida bo'lishi kerak edi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing