01 sen 07:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Umar Nurmagomedovning UFC 254 turniridagi raqibi malum + POSTER
Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning jiyani Umar Nurmagomedovning raqibi malum bo'ldi.
Dog'istonlik sportchi qozog'istonlik Sergey Morozovga qarshi oktagonga chiqadi. Jang 24 oktyabr kuni Abu-Dabining «Janglar oroli»da bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Umar Nurmagomedov, Xabib Nurmagomedov, Islam Maxachev va Abubakar Nurmagomedov 24 oktyabr kuni UFC 254 turniri doirasida o'z janglarini o'tkazishadi. Xabib Jastin Getjiga qarshi oktagonga chiqsa, Abubakarning raqibi shu kunlarda malum bo'ladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar