02 okt 18:24
Yangiliklar
Boks/MMA

"Umar Xabibning ukasi bo'lgani uchun faoliyati tez rivojlanganligi sir emas" - Dvalishvili
UFC chempioni Merab Dvalishvili Umar Nurmagomedov haqida fikr bildirdi.
"Albatta, bu shunchaki xayp uchun aytilmagan. Umardek kuchli jangchi kam. Lekin hech kim Xabibning ukasi bo'lgani uchun uning faoliyati tezroq rivojlanganini inkor etmaydi. U ko'p jangchilarni chetlab o'tib, reytingdan tashqari raqiblar bilan jang qildi. Aslida unda reytingdan faqat bir raqib bor edi — Kori Sendxagen. Unga qarshi jangda g'alaba qozongach, unga chempionlik jangi berildi. Bu hammamizga malum. Bu sir emas", — dedi Dvalishvili.
Havola :
Manba : UFC Eurasia
Fikrlar