So’nggi yangiliklar

09:05"Бутун дунё бу жангни кўришни истайди". Оливейра Гэтжини реваншга чақирди 0 08:19"Махачев бу ҳақда гапирган эди". Кормье UFC'да нега америкалик бўлмаган жангчилар устунлик қилаётганини тушунтирди 0 19:06Бу оддий турнир эмас, бу Жаҳон чемпионати! 0 18:40"Кутяпмиз. Ҳозир кучли бешликдаман. Кейинги жанглар чемпионлик учун бўлиши ҳам мумкин" - Исроил Мадримов 0 18:17"Катта жанг устида ишлаяпмиз" - Иноуэ промоутери навбатдаги жангга ишора қилди 0 17:45Эрон терма жамоасига Мисрга қарши ўйиндан 2 кун олдин АҚШга киришга рухсат берилди 0 17:17Шоҳжаҳон Эргашевнинг кейинги рақиби собиқ жаҳон чемпиони бўлиши мумкин 0 16:41"Конорга қарши жанг қилишим керак эди, аммо у осон йўлни танлади" - Оливейра 0 16:07Андижонда ўтказиладиган Mangu 4 турнирининг марказий жанги расман эълон қилинди + ПОСТЕР 0 15:40Криштиану Роналду: "Кимки меҳнат қилса, Худо унга ёрдам беришига ишонаман" 0 15:07Яна икки россиялик атлет Ўзбекистон шарафини ҳимоя қилади 0 14:42Нурсултон Рўзибоев 2026 йилда яна нечта жанг ўтказмоқчи эканини айтди 0 14:16Ҳибсга олинган Дастин Порье ёрдам сўради 0 13:42Фабио Каннаваро: "Футболчилар эмас, мен хато қилдим" (тўлиқ матбуот анжумани) 0 13:21Блахович UFC’нинг янги рейтинги ҳақида: "Икки кун олдин Гусков энг кучли рақиб билан жанг қилган эди" 0

04 dek 16:55
Yangiliklar

Taekvondo

Umid Ahmadjonov Butunjahon taekvondo federaciyasi prezidenti bilan uchrashib, jahon chempionatini Toshkentda o'tkazish masalasini muhokama qildi

Xabar berib o'tganimizdek, ayni paytda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti, mamlakat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Janubiy Koreyada bo'lib turibdi.

MOQ rahbari safar davomida O'zbekiston taekvondo associaciyasi raisi Ahmadjon Rahimov bilan birga bir necha muhim uchrashuvlarni o'tkazdi. Jumladan, Osiyo taekvondo ittifoqi, taekvondoni rivojlantirish xalqaro fondi, shuningdek, Janubiy Koreya futbol associaciyasi, Janubiy Koreya taekvondo associaciyasi vakillari bilan muzokaralar olib borildi.

Navbatdagi uchrashuv Butunjahon taekvondo federaciyasi prezidenti CHung Von CHoy bilan tashkil etildi. Uchrashuvda Umid Ahmadjonov va Ahmadjon Rahimovga O'zbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi favqulotda va muxtor elchisi Vitaliy Fen ham hamrohlik qildi. Unda Ahmadjonov O'zbekistonda Tokio 2020 Olimpiadasiga mamlakat Prezidenti tomonidan qabul qilingan farmon asosida, har bir sport turiga alohida yondoshuv bilan keng ko'lamda tayyorgarlik olib borilayotgani haqida gapirib berdi. SHuningdek, Ahmadjon Rahimov O'zbekiston taekvondo associaciyasi rahbari etib saylanganidan so'ng amalga oshirgan ishlari, bundan keyingi rejalari haqida malum qildi.

Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Butunjahon taekvondo federaciyasi rahbaridan O'zbekiston terma jamoasi uchun malakali murabbiy jalb qilish bo'yicha amaliy yordam so'radi. O'z navbatida, janob CHoy bu borada albatta mamlakatimiz taekvondo associaciyasini qo'llab-quvvatlashini, shuningdek, o'zbekistonlik taekvondochilar uchun o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil etish bo'yicha ham yordam berishga tayyor ekanligini aytib o'tdi. Tomonlar Universiadaga tayyorlanayotgan koreyalik taekvondochilarni O'zbekistonda o'quv-mashg'ulotlar olib borishlari bo'yicha ham kelishuvga erishdilar.

Uchrashuvning eng ahamiyatli jihati shunda bo'ldiki, olib borilgan muzokaralar natijasida 2019 yilgi kadetlar o'rtasidagi jahon chempionati Toshkentda o'tkaziladigan bo'ldi. Avvalroq, mazkur chempionat AQSHda o'tkazilishi belgilangandi. Biroq, uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov O'zbekiston ushbu musobaqani qabul qilishga har tomonlama tayyor ekanligini malum qildi. SHu tariqa, 2019 yilda kadetlar o'rtasidagi jahon chempionati O'zbekistonda o'tkaziladigan bo'ldi.

SHuning bilan MOQ rahbarining Janubiy Koreyaga xizmat safari yakunlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing