So’nggi yangiliklar

19:52Super Rapid & Blitz Poland 2026. Синдаров турнирни нечанчи ўринда якунлади ва қанча мукофот пули ишлаб олди? 0 19:31Хамзат Чимаевни мағлубиятдан сўнг дарҳол жангга чорлашди 0 19:10Ўзбекистон ва Россия дзюдо федерациялари стратегик ҳамкорликни кенгайтирмоқда 0 18:4937 ёшли Мхитарян ёзда фаолиятини якунлаши мумкин 0 18:28Паркентда кураш ва белбоғли кураш бўйича анъанавий турнир ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:07Илҳом Назимовнинг "Киллер"га қарши илк RIZIN чемпионлик жангида нокаут қайд этилди 0 17:46Мария Тимофеева Istanbul Open чемпиони! 0 17:25Мбаппе ва Вальверде "Реал"нинг Класико учун қайдномасида йўқ! 0 17:04Спорт гимнастикачиларимиз Жаҳон челленж кубогида 3 та медалга сазовор бўлишди 0 16:43Даниэль Дюбуа ва Фабио Уордли жангида даҳшатли камбэк қайд этилди 0 16:22Дана Уайт тасдиқлади! Хамзат Чимаев Богдан Гусковнинг дивизионига ўтади 0 16:01"Манчестер Юнайтед" "Милан" ҳимоячисини сотиб олиши мумкин 0 15:40"Чироғингни ўчириб қўяман". Чемпион Стриклендга "вызов"лар бошланди 0 15:19Артур Гулиев Жаҳон кубогида кумуш медални қўлга киритди 0 14:58Музаффарбек Тўрабоев бош соврин — автомобил соҳиби! (ФОТОРЕПОРТАЖ) 0

03 dek 13:14
Yangiliklar

Taekvondo

Umid Ahmadjonov Seulda Osiyo taekvondo ittifoqi prezidenti bilan uchrashdi

Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov xizmat safari bilan Janubiy Koreyaga jo'nab ketdi.

MOQ rahbariga ushbu safar davomida O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasi raisi Ahmadjon Rahimov hamrohlik qilmoqda. Bugun ular mamlakat poytaxti Seul shahridagi «Hyatt Park Seoul» mehmonxonasida Osiyo taekvondo uyushmasi prezidenti Li Kyu Syok bilan uchrashishdi.

Uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov va Ahmadjon Rahimov Osiyo taekvondo ittifoqi rahbarini mamlakatimizda taekvondoni rivojlantirish dasturi, mazkur sport turi bo'yicha maktabgacha talim muassasalarida ham to'garaklar ochish rejasi bilan tanishtirishdi. Bu bo'yicha bir qator muhim masalalar muhokama qilindi. SHuningdek, janob Syok O'zbekiston Milliy universitetidagi taekvondo kafedrasiga kelib, maruza qilish uchun taklif qilindi. O'z navbatida, Osiyo taekvondo ittifoqi rahbari mazkur taklifga ijobiy javob qaytardi.

SHuningdek, rejaga binoan yanvar oyida Markaziy Osiyo taekvondo associaciyasining ochilish marosimi bo'lib o'tadi. Ushbu tadbirga Li Kyu Syok ham tashrif buyurishi kutilmoqda. Tashkil etiladigan yangi associaciya rahbarligiga O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasi raisi Ahmadjon Rahimov asosiy nomzod bo'lib turibdi.

Bugun shuningdek kun davomida taekvondoni rivojlantirish bo'yicha yana bir necha uchrashuv o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing