So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

11 may 16:16
Yangiliklar

Velosport

Umid Ahmadjonov va SHoakrom Isroilov Osiyo velosport konfederaciyasi Prezidenti bilan uchrashishdi

Bugun, 11 may kuni O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov hamda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakrom Isroilov Osiyo velosport konfederaciyasi Prezidenti Osama Ahmad Abdulla al SHafar bilan uchrashuv o'tkazishdi.

Toshkentga uyushtirgan tashrifi davomida janob al SHafarga tashkilot Bosh kotibi Onkar Singx, vice-prezident SHayx Holid bin Hamad va moliyachi Dato Amaryit Singh Gillar hamrohlik qilishdi.

Milliy olimpiya qo'mitasida bo'lib o'tgan uchrashuvda tomonlar 2019 yilda velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha mamlakatimizda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilishdi.

"2019 yilgi Osiyo chempionati O'zbekistonda o'tishidan xursandmiz. Mazkur nufuzli musobaqani yuqori saviyada o'tkazishimizga ishonchingiz komil bo'lsin. Bugungi kunda O'zbekistonda Milliy olimpiya qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda federaciyalar yaqindan hamkorlikda ish olib bormoqda. Avvallari ushbu tashkilotlar tarqoq holda ishlashardi. Biz nafaqat Osiyo chempionatini, balki kelajakda jahon chempionatini ham O'zbekistonda o'tkazishni istaymiz", - dedi Umid Ahmadjonov.

O'z navbatida al SHafar Osiyo velosport konfederaciyasi 2019 yilgi musobaqani tashkil etishda O'zbekistonga yordam berishga tayyor ekanligini malum qildi.

"O'zbekistonda bo'lib turganimdan xursandman. Mamlakat sportida ro'y berayotgan islohotlarni o'z ko'zim bilan ko'rib turibman. MOQ va vazirlik hamkorlikda ishlayotganidan mamnunman. Osiyo chempionatini tashkil qilishda O'zbekiston velosiped sporti federaciyasiga qanday yordam kerak bo'lsa berishga tayyormiz. Osiyo velosport konfederaciyasi mutaxassislari Toshkentda bir necha kun bo'lib, 2019 yildagi Osiyo chempionatini yuqori saviyada o'tkazish masalasida yordam beradilar", - dedi mehmon.


MOQ rahbari Umid Ahmadjonov shuningdek, Toshkentda mashhur sportchi va murabbiylar ishtirokida master-klass va seminarlar o'tkazish borasida ham Osiyo velosport konfederaciyasi Prezidentiga murojaat qildi.

"Biz O'zbekistonda ko'proq xalqaro musobaqalar o'tkazishni istaymiz. Velosportni rivojlantirish yo'lida maxsus dastur ishlab chiqqanmiz. Sportning ushbu turini eng quyi bo'g'in - bog'chalardan boshlab rivojlantiramiz. Mashhur sportchi va murabbiylarni Toshkentga yuborib, turli seminar va master-klasslar o'tkazish masalasida amaliy yordam bersangiz xursand bo'lardik. Federaciya bilan kelishgan holda shu yilning o'zida 300ta musobaqa o'tkazamiz", - dedi Umid Ahmadjonov.

SHuningdek tomonlar o'zbek velosportida yangi innovacion texnologiyalarni qo'llash, jumladan fotofinishlarni joriy etishda hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Uchrashuv yakunida Umid Ahmadjonov ananaga muvofiq Milliy olimpiya qo'mitasi nomidan mehmonlarga esdalik sovg'alarini taqdim etdi.


Bugun Toshkentdagi "International hotel" mehmonxonasida Osiyo velosport konfederaciyasining ijroqo'm yig'ilishi bo'lib o'tadi. Osama Ahmad Abdulla al SHafar poytaxtimizga tashrifi davomida O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi raisi Tanzila Narbaeva bilan ham uchrashishi ko'zda tutilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing