21 iyu 15:18
Yangiliklar
"Unga o'xshagan qo'rqoqlar gap-so'z bilan etiborni jalb qiladi". Pereyra CHimaev haqida keskin fikr bildirdi
"Bu yigitga qarang. Men chempionlik uchun kurashaman, u faqat etibor markazida bo'lishni xohlaydi. Men u bilan jang qilmoqchiman! U keyingi davogar ekanligimni yaxshi biladi. Ammo, hali ham shu gaplarni aytmoqda.
Agar Dana Uayt: "Aleks, senga Adesanya bilan jang tashkil qilaman. Lekin unga tayyorgarlik ko'rish uchun ko'proq vaqt kerak. SHuning uchun oldin Xamzat bilan jang qil. U sen bilan jang qilmoqchi. Sening chempionlik janging kafolatlangan" desa, ko'ramiz CHimaev bunga nima deb javob berar ekan.
U etibor markazida bo'lishni xohlaydi. Agar chempionlik jangi kafolatlangan bo'lsa, nega u bilan kurashishim kerak? Unga o'xshagan yigitlar gap-so'z bilan etiborni jalb qiladi. Agar chempionlik uchun jang qilmasam va Xamzat menga "vyzov" tashlasa, uning oldida shlyapamni echaman. Ammo, uning qilayotgan ishi qo'rqoqlik xolos", — dedi Pereyra.
Fikrlar