18 iyu 10:09
Yangiliklar
Futbol
"Uni xonaga qamab qo'yish kerak!". Skaloni JCH-2026 finalida Argentina Yamalni qanday to'xtatishi haqidagi savolga hazil bilan javob berdi
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni o'z jamoasi Ispaniya terma jamoasining 19 yoshli hujumchisi Lamin Yamalni qanday to'xtatishi mumkinligi haqidagi savolga hazil aralash javob qaytardi.
— Hamma Ispaniya Messini jilovlash uchun nima qilishi bilan qiziqmoqda. Sizdan so'ramoqchiman, Argentina Lamin Yamalni to'xtatish uchun nima qiladi?
— Men Laminni o'z xonasiga qamab qo'yishni afzal ko'rgan bo'lardim (kuladi)!
Yamal — ajoyib futbolchi. Bu yigit — futbol uchun haqiqiy xazina. U hali juda yosh va bundan ham ko'prog'iga qodir. Lamin — kelajakda Ispaniyaga ko'plab quvonchli lahzalarni taqdim etadigan iqtidorli o'yinchi. Ammo bu yakshanba kuni sodir bo'lmasligiga umid qilamiz. U ham xuddi Leo kabi maydonda to'xtatib qolish juda mushkul bo'lgan futbolchilardan biridir, — dedi Skaloni matbuot anjumanida.

Havola :
Fikrlar