06 iyu 18:53
Yangiliklar
Dzyudo

Universiada-2019. Davlat Bobonov bronza medali uchun tatamiga chiqadi
Xabar berganimizdek, dzyudochilarimiz Italiyaning Neapol shahrida o'tkazilayotgan Talabalar Universiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etishyapti.
Hozirgina mutloq vazn toifasida ishtirok etayotgan Davlat Bobonov bronza medali uchun kechgan o'tish bahslarini muvaffaqiyatli yakunladi. Yurtdoshimiz germaniyalik Benjamin Bouizgarn hamda polshalik Oleksi Lisenkolarni mag'lubiyatga uchratdi.
Bobonov endi kechki dasturda bronza medali uchun bellashuvda ozarbayjonlik mashhur dzyudochi Rustam Kocoevga qarshi tatamiga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
12:31
Nukus shahri mezbonlik qilayotgan O'zbekiston Kubogining ilk kungi g'oliblari malum FOTOGALEREYA 0
Fikrlar