06 iyu 22:24
Yangiliklar
Dzyudo

Universiada-2019. Diyora Keldiyorova bronza medali sohibasi!
Italiyaning Neapol shahrida Talabalar Universiadasi davom etmoqda.
Hozirgina -52 kg vazn toifasidagi vakilamiz o'smirlar o'rtasida jahon chempioni, kattalar orasida Osiyo chempioni Diyora Keldiyorova Universiadaning bronza medalini qo'lga kiritdi.
Diyora bronza medali yo'lida kechgan saralash bellashuvlarni muvaffaqiyatli yakunladi. Keldiyorova braziliyalik Yasmim Lima, portugaliyalik Yoana Diogo va mo'g'ulistonlik Buyanxishig Purevsurenni mag'lubiyatga uchratdi. Bronza uchun uchrashuvda esa germaniyalik Annika Vurfeldan ustun keldi.
SHu tariqa, O'zbekiston sport delegaciyasiga Universiadadagi uchinchi medalni ham dzyudochilarimiz taqdim etishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
12:31
Nukus shahri mezbonlik qilayotgan O'zbekiston Kubogining ilk kungi g'oliblari malum FOTOGALEREYA 0
Fikrlar