06 iyu 19:08
Yangiliklar
Dzyudo

Universiada-2019. Diyora Keldiyorova bronza uchun kurashadi
Italiyaning Neapol shahrida Talabalar Universiadasi davom etmoqda.
Ayni daqiqalarda musobaqaning navbatdagi kunida dzyudochilarimiz o'z mahoratlarini namoyish etishyapti. Hozirgina -52 kg vazn toifasidagi vakilamiz o'smirlar o'rtasida jahon chempioni, kattalar orasida Osiyo chempioni Diyora Keldiyorova Universiadaning bronza medali uchun tatamiga chiqish imkoniyatini qo'lga kiritdi.
Diyora bronza medali yo'lida kechgan saralash bellashuvlarni muvaffaqiyatli yakunladi. Keldiyorova braziliyalik Yasmim Lima, portugaliyalik Yoana Diogo va mo'g'ulistonlik Buyanxishig Purevsurenni mag'lubiyatga uchratdi. Diyora endi kechki dasturda bronza medali uchun germaniyalik Annika Vurfelga qarshi tatamiga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
12:31
Nukus shahri mezbonlik qilayotgan O'zbekiston Kubogining ilk kungi g'oliblari malum FOTOGALEREYA 0
Fikrlar