13 iyu 07:40
Yangiliklar
Universiada-2019. Takevondochimiz shohsupadan joy oldi
Universiadaning to'qqizinchi kunida sportchilarimiz ketma-ket g'alabalarni qo'lga kiritishdi. Taekvondochilarimiz ham universiadaning navbatdagi kunini g'alaba bilan yakunlashdi.
taekvondo bo'yicha o'tkazilgan bahslarda -63 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz Niyoz Po'latov universiadaning kumush medalini qo'lga kiritdi.
Dastlabki janglarda Xorvatiya, Italiya va Turkiya vakillarini mag'lubiyatga uchrata olgan sportchimiz yarim finalda xitoylik Vu Yichaodan ustun keldi.
Hal qiluvchi bahsda eronlik Soroush Ahmedga qarshi dayanga chiqqan yurtdoshimizga biroz omad etishmadi. Final jangining asosiy vaqtida 10:10 hisobi qayd etilgan bo'lsa, qo'shib berilgan vaqtda 2:0 hisobida eronlik taekvondochi ustunlik qildi.
SHunday qilib, O'zbekiston delegaciyasining yozgi Universiadagi medallari soni 6 taga etdi. Ayni paytda yurtdoshlarimiz hisobida 1 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medali mavjud.
Fikrlar