27 iyu 19:45
Yangiliklar
Boshqalar
"Universiada o'yinlari": CHenduda O'zbekiston bayrog'i ko'tarildi
Bugun, 27 iyul kuni XXXI yozgi Universiada o'yinlarida ishtirok etish uchun Xitoyning CHendu shahriga etib borgan mamlakatimiz talaba-sportchilar delegaciyasining asosiy qismini O'zbekistonning Xitoydagi elchisi Farxod Arziev kutib oldi.
Vakillarimiz CHendu shaharchasidagi sportchilar uchun ajratilgan mehmonxonalarga joylashib, dastlabki mashg'ulotlarni boshlab yubordi.
O'zbekiston sport delegaciyasi sharafiga CHendu shahridagi Universiada shaharchasida davlatimiz madhiyasi yangrab, bayrog'imiz ko'tarildi.
Ertaga, 28 iyul kuni XXXI yozgi Universiada o'yinlarining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Universiadada yurtimizning 77 nafar talaba-sportchilari taekvondo WT, dzyudo, ushu, gimnastika, tennis, qilichbozlik va engil atletika sport turlarida vatanimiz sharafini himoya qiladi.
Anvar Jumaniyozov. CHendu.
Havola :
Fikrlar