So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

30 iyu 15:33
Yangiliklar

Tadbirlar

Urganchda “Yoshlar kuni”ga bag'ishlangan ommaviy yugurish marafoni o'tkazildi FOTOGALEREYA

Xorazm viloyatining Urganch shahrida 30 iyun - “Yoshlar kuni” munosabati bilan Al-Xorazmiy ko'chasi bo'ylab ommaviy yugurish marafoni uyushtirildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy, manaviy-marifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo'lga qo'yish borasidagi 5 ta muhim  va ahamiyatli tashabbusi zamirida Yoshlarga etiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, sanat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to'g'ri foydalanish ko'nikmasini shakllantirish, yoshlar o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish, xotin-qizlar bandligini taminlash kabi ezgu niyatlar mujassamdir.

Malumki,tashabbusning ikkinchisi - yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga kengroq jalb etishga, sport inshootlari quvvatini oshirishga, undan unumli va maqsadli foydalanishga qaratilgan bo'lib, u bugungi kunda hayotga izchillik bilan tadbiq etilmoqda. Bu bugun “Yoshlar kuni” munosabati bilan Urganch shahrining Al-Xorazmiy ko'chasi bo'ylab uyushtirilgan ommaviy yugurish marafoni misolida ham isbotini topdi. 

Xorazm viloyati hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida “Biz sog'lom turmush tarafdorimiz” shiori ostida tashkil etilgan marafonda vohaning turli hududlaridan kelgan xarbiy xizmatchilar, oliy talim muassasalari talabalari, kasb-hunar kollejlari hamda umumtalim maktablari o'quvchilari yugurish borasida mahoratini namoyish etishdi.

Marafon g'olib va sovrindorlari:

Harbiy xizmatchilar o'rtasida

1. Islombek Usmonov 

2. Rashidbek Pirniyozov 

3. Abdulaziz SHoyoqubov

Kasb-hunar kollejlari va umumtalim maktablari o'quvchilari o'rtasida (Qizlar)

1. Hulkar Jumaniyozova 

2. Munisa Hayitboeva 

3. Mohichehra Bozorboeva

O'g'il bolalar

1. Yo'ldoshbek Yo'ldoshev 

2. Mirjalol Kenjaev 

3. Sohibbek Rajabov

Talabalar o'rtasida (Qizlar)

1. Mahfuza Egamova

2. Zulfiyaxon Boltaeva 

3. Bonu Rahimova

O'g'il bolalar

1. Sirojbek Nurmetov 

2. Sardorbek Galdiev

3. Muhammad Qurbonov

Marafon g'olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi Jaloliddin Manguberdi xiyobonida bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirni yuqori saviyada o'tkazishga hissa qo'shgan harbiy qismlar, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi va boshqalar tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Keyin esa marafonda yuqori natija ko'rsatgan sportchilarga  tantanali ravishda diplom va qimmatbaho sovg'alar topshirildi. 

- “Yoshlar kuni”ga bag'ishlab o'tkazilgan yugurish marafonida qatnashganimdan juda xursandman, - dedi Urganch davlat universitetining jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Maxfuza Egamova. - Yoshligimdan sport bilan shug'ullanib kelaman. SHu sabab bo'lsa kerak, bugungi tadbirda birinchi o'rinni egalladim. Bundan juda xursandman. Nasib qilsa, kelgusida oliygohni tugatib, bilim va tajribamni yoshlarimizni manan va jismonan sog'lom ruhda voyaga etkazish yo'lida sarflashni niyat qilganman. Vaholanki, yurtimizda olib borilayotgan xayrli islohotlarga ulush qo'shish barchamiz uchun sharafli burchdir.

Kezi kelganda takidlab o'tish joizki, marafon doirasida harbiy texnikalar, jangovor qurollar, shuningdek, sportning texnik va amaliy turlaridan aviamodel, karting, pnevmatik qurollar, sport motocikli va velosipedlari ko'rgazmasi tashkil etildi. Sport bayrami tarzida o'tkazilgan ushbu musobaqa nafaqat ishtirokchilar, qolaversa, viloyat markazi aholisi va mehmonlarida iliq taasurotlar qoldirdi.    

Asosiysi, joylarda uyushtirilayotgan bunday sport tadbirlari aholining turli qatlami, xususan, yoshlar o'rtasida sportni yanada ommaviylashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, sport - sog'lik garovidir!

Ikrom XUDOYBERGANOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing