31 avg 15:44
Yangiliklar
Tennis
US Open. 16 yoshli Mirra 19 yashar Goffga qarshi kortga chiqdi
AQSHning Nyu-York shahrida tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi US Open turniri davom etmoqda.
Ayollar o'rtasidagi bahslarda WTA reytingida 63-o'rinni egallab turgan rossiyalik 16 yoshli Mirra Andreeva ikkinchi davrada dunyoning 6-raketkasi, amerikalik 19 yashar Koko Goffga qarshi kortga chiqdi. Etmish etti daqiqa davom etgan bahsda Goff 6/3, 6/2 hisobida zafar quchdi.
Tennischilarning o'zaro ikkinchi uchrashuvida ham Koko g'alaba qozondi. Ikkala tennischi ham 2 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Goffning uchinchi bosqichdagi raqibasi amerikalik Daniel Kollinz hamda belgiyalik Elize Mertens o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng malum bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar