06 sen 10:13
Yangiliklar
Tennis
US Open. 19 yoshli Goff Elena Ostapenkoni "sochib" tashladi
"Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi US Open turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Ayollar o'rtasidagi bahslarda yarim finalchilar aniqlanmoqda. Dunyoning oltinchi raketkasi Koko Goff 1/4 finalda WTA reytingida 21-pog'onada borayotgan latviyalik Elena Ostapenkoga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6/0, 6/2. Ostapenko bundan avvalgi bosqichda dunyoning birinchi raketkasi, musobaqaning amaldagi chempioni Iga Svyontekni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Goff - Ostapenko uchrashuvi 68 daqiqa davom etgan. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida 19 yoshli Kori hisobda oldinga chiqib oldi - 2:1. Goff faoliyatida ikkinchi bor "Katta Dubulg'a" turnirlarining yarim finalida o'ynaydi.
Havola :
Manba : gottenis
Fikrlar