29 avg 10:52
Yangiliklar
US Open-2023. Elena Ribakina muvaffaqiyatli start oldi
Dunyoning to'rtinchi raqamli tennis malikasi Elena Ribakina ilk davrada WTA reytingida 37-pog'onadan joy olgan ukrainalik Marta Kostyukni mag'lubiyatga uchratdi — 6:2, 6:1. Bu bilan qozog'istonlik tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanatini tikladi - 1:1.
Tennischilarning ilk uchrashuvi shu yil avvalida Adelaida (Avstraliya) shahridagi turnir doirasida bo'lib o'tgan va unda Marta 6:7, 6:2, 6:3 hisoblarida zafar quchgandi. Kostyuk bu yil Uimbldon turnirining uchinchi davrasiga qadar etib borgan edi. U dunyoning sakkizinchi raketkasi, greciyalik Mariya Sakkari hamda 46-raketka Paula Badosani musobaqadan chiqarib yuborgandi.
Elena Ribakinaning ikkinchi davradagi raqibasi avstraliyalik Ayla Tomlyanovich bo'ladi. Dunyoning 130-raketkasi bo'lib turgan Yashil qita vakilasi birinchi bosqichda reytingda o'zidan olti pog'ona yuqorida borayotgan vengriyalik Panna Udvardidan 3/6, 6/2, 6/4 hisoblarida ustun keldi.
Fikrlar