23 avg 06:30
Yangiliklar
US Open 2023. Nigina Abduraimova saralashdayoq mag'lubiyatga uchradi
Yilning to'rtta nufuzli musobaqasidan birida hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham o'z omadini sinab ko'rdi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi saralashning ilk davrasida slovakiyalik Rebekka SHramkovaga qarshi kortga chiqdi va afsuski, raqibasiga 4/6, 4/6 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Sakson bir daqiqa davom etgan bahsda Rebekka 2, Nigina 5 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar ikkala tennischida ham bittadan bo'ldi.
Taqqoslash uchun, ayni paytda 29 yoshli Abduraimova WTA reytingida 197, 26 yashar SHramkova esa 153-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro ikkinchi uchrashuvi edi - 1:1. O'tgan yilning 17 noyabr kuni Bratislavadagi turnirning 1/8 finali doirasida kechgan bahsda Nigina SHramkovani 6/2, 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.
Fikrlar