05 sen 11:26
Yangiliklar
Tennis

US Open. Darya Kasatkina Sobolenkoga qarshi ko'rsata olmadi
"Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionatida chorak final ishtirokchilari malum bo'lmoqda.
Ayollar o'rtasidagi musobaqada dunyoning 14-raketkasi Darya Kasatkina mag'lubiyatga uchrab, o'z ishtirokini yakunladi. Rossiyalik tennischi 1/8 finalda sayyoramizning ikkinchi raqamli tennis malikasi, belaruslik Arina Sobolenkoga 1/6, 3/6 hisoblarida yutqazdi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob Arina foydasiga yiriklashdi - 5:2. Etmish olti daqiqalik bahsda Kasatkina 2 ta eys, 5 ta qo'shxato va 3 ta breyk qayd edi. Sobolenko esa eys zarbasini amalga oshira olmadi. Qo'shxatolar 3 ta, breyklar esa 7 tani tashkil qildi. Endi u 1/2 final chiptasi uchun xitoylik CHjen Czinvenga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar