31 avg 11:32
Yangiliklar
Tennis
US Open. Dunyoning birinchi raketkasi uchinchi davraga yo'l oldi
Nyu-York shahri mezbonlik qilayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionatida ikkinchi davra uchrashuvlari boshlandi.
Duyoning birinchi raqamli tennis malikasi Iga Svyontek uchinchi davra ishtirokchisiga aylandi. Polshalik tennischi 95 daqiqa davom etgan ikkinchi bosqich bahsida WTA reytingida 322-pog'onada borayotgan avstraliyalik Darya Sevilldan ustun keldi - 6/3, 6/4.
Bu tennischilarning o'zaro ikkinchi uchrashuvi edi - 2:0. Ikkala tennischi ham 2 tadan eys zarbasini ijro etishgan. Qo'shxatolar Sevillda ko'proq bo'ldi - 7 ga 2! Svyontek 5, Darya esa 3 ta breykni amalga oshirgan.
Iganing uchinchi davradagi raqibasi sloveniyalik Kayya Yuvan bo'ladi. U o'z o'rnida amerikalik Loren Devisni 6/7(3), 6/4, 6/3 hisoblarida taslim etdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar