07 sen 09:05
Yangiliklar
Tennis
US Open. Medvedev rus derbisida Rublyovni taslim etdi
Dunyoning uchinchi raketkasi Daniil Medvedev Nyu-Yorkda davom etayotgan AQSH Ochiq chempionatining 1/2 final ishtirokchisiga aylandi.
Medvedev rus derbisida reytingning sakkizinchi pog'onasida borayotgan vatandoshi Andrey Rublyovni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/3, 6/4. Daniil hamyurtlarning o'zaro uchrashuvlaridagi ustunligini yanada mustahkamlab oldi - 6:2.
Ikki soatu 48 daqiqa davom etgan bahsda Medvedev 8, Rublyov 4 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar g'olib tennischida ko'proq bo'ldi - 9 ga 5. Breyklar ham xuddi shu hisob ko'rinishi bilan Daniil foyasiga bo'ldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar