So’nggi yangiliklar

23:26Ронда Роузи Дана Уайтга "вызов" ташлади 0 23:01ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди 0 22:26Махачев Шавкат Раҳмоновнинг дивизиондаги келажагини баҳолади 0 16:28Оксана Чусовитина Германиядаги Жаҳон кубогининг илк босқичида қатнашяпти 0 16:07Тошкент "Катта Дубулға" турнирида қатнашидиган дзюдочиларимиз таркиби маълум бўлди 0 15:40МЮ англиялик юлдуз учун катта пул тўлашга тайёр 0 15:19Тайсон Фьюри Маҳмудовдан кейингиси ким деган саволга жавоб берди 0 14:58Пётр Ян илк камар ҳимоясини қачон ўтказишини айтди 0 14:37Одилхон энди Грузияда жанг қилади (ПОСТЕР) 0 14:16"Марсель" янги мураббий тайинланганини эълон қилди 0 13:55Шон Стрикленд: "Хамзат Имавовни енгиб, яна 1,5 йил "уйқу"га кетади" 0 13:33Ислам Махачев: "Реваншга лойиқ бўлиш керак, у ҳали тайёр эмас" 0 13:04Даниил Ейбогнинг Олимпиададаги сўнгги стартидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:41"Реал Мадрид" 20 ёшли футболчи учун 100 миллион беришга тайёр 0 12:20Ислам Махачев энди элчи (ФОТО) 0

07 sen 13:17
Yangiliklar

Tennis

US Open yakunlariga ko'ra to'rttala tasnifda ham reyting peshqadamlari o'zgaradi

Yakshanba, 10 sentyabr kuni Nyu-Yorkda "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi US Open turniri yakuniga etadi.

Etiborga molik jihati shundaki, musobaqaning qolgan o'yinlaridagi ntijalaridan qatiy nazar to'rttala reyting tasnifida ham peshqadamlar o'zgaradi. Yarim finalga etib kelgan Novak Jokovich o'zi va ayni paytdagi karvonboshi Karlos Alkaraz keyingi uchrashuvlarda qanday natija qayd etishidan qatiy nazar ATP reytingida birinchi o'ringa ko'tarilib oladi. 

Ispaniyalik tennischi ham yarim finalda kortga chiqadi. Aynan u AQSH Ochiq chempionatining amaldagi g'olibi hisoblanadi. Erkaklar juftlik reytingida Ostin Kraychek hozir birinchi o'rinni egallab turgan Nil Skupskini almashtiradi.

WTA ayollar reytingida belaruslik Arina Sobolenko sayyoramizning birinchi raqamli tennis malikasiga aylanadi. Yana uch kunlik peshqadamligi qolgan Iga Svyontek US Open turniridagi ishtirokini muddatidan ancha avval yakunlagan edi. 

Ayollarning juftlik reytingida hozircha Katerjina Sinyakova karvonboshi. Uning o'rnini Kori Goff yoki Jessika Pegula egallaydi. Buning uchun ular chorak finalda Se Su-Vey va Sin YU Vanni mag'lub etishlari lozim. Agar bu g'alaba amalga oshmay qolsa, Se Su-Veyda imkoniyat ortadi. Faqat buning uchun Vey musobaqa chempioni bo'lishi shart.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing