06 iyu 17:23
Yangiliklar
Boks/MMA
Usik: "Barcha kamarlarim bir soniyada yo'qotilishi mumkin"
Superog'ir vazn toifasi bokschisi Aleksandr Usik Ukraina haqida gapirdi.
"Oilam u erda emas, ammo men taniydiganlar, yaqin do'stlarim mamlakat ichida qolgan. Men har kuni ular bilan aloqadaman. Doimo ular o'zini qanday his qilayotgani bilan qiziqaman. Menga o'zimda nimalar borligini his qilib olish uchun bir kun etarli bo'ldi.
Bilasizmi, barcha yutuqlarim, qo'lga kiritgan kamarlarim bir soniyada yo'qolishi mumkin. Men Ukrainadan ketishni umuman istamayman. U erda yashashni xohlayman va jangdan so'ng darhol qaytaman", - dedi Aleksandr Usik.
Eslatib o'tamiz, ukrainalik jahon chempioni 20 avgust kuni Saudiya Arabistonida ushbu kamarlarning sobiq sohibi, britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi revansh jangida ringga ko'tariladi.
Havola :
Fikrlar