05 iyu 08:02
Yangiliklar
Boks/MMA

"Usik bilan jang qilgim keladi" - Parker
WBO’ning vaqtinchalik og'ir vaznli chempioni Jozef Parker Aleksandr Usikka qarshi jang qilish istagini bildirdi.
"Unga shunday deganman: "Senda ikki jang qolgan. Navbatdagisi Dyubua bo'lsa, undan keyin men bo'lishim kerak". U esa: "Yo'q, yo'q, yo'q", dedi. Usik katta gonorarli janglar kutmoqda. Balki Dyubua bilan revansh o'tkazar, keyin esa yo Joshua, yoki Fyuri bilan jang qilar.
U menga shunday dedi: "Sen o'z ishingni qil, xavotir olma. Men nafaqaga chiqqach, senga kamar uchun jang qilish imkoniyati keladi".
Men Usikka qarshi jang qilgim keladi. U — hozirgi avlodning eng yaxshi og'ir vaznli bokschisi", — dedi Parker The Ring nashriga.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar