10 okt 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik - CHisora jangi manzili aniq bo'ldi
Superog'ir vazn toifasida Aleksandr Usik va Derek CHisora o'rtasidagi jang Londondagi "Uembli" arenada o'tkaziladi.
Ushbu arena o'z bag'riga 12,5 ming muxlisni sig'dira oladi. Ammo pandemiya sabab promouter Eddi Xirn ushbu jangni bevosita tomosha qilish uchun 1500-2000 muxlis kirishi uchun ruxsat olmoqchi.
"Hozircha jangni muxlislarsiz o'tkazishni rejalashtirmoqdamiz. Menga jangni muxlislarsiz, bo'sh arenada o'tkazish yoqmaydi. Biz ijod va prodakshn orqali o'zimizni ko'rsatmoqchimiz, ammo ozgina muxlislarning kirishini ham istaymiz.
Umid qilamanki, biz muxlislar uchun hukumatdan ruxsat olamiz va buni xavfsiz qila olishimizni isbotlay olamiz. SHundan so'ng Joshuaning jangini muxlislar ishtirokida tashkil etamiz", - dedi Xirn.
Eslatib o'tamiz, jang 31 oktyabr kuni o'tkaziladi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar