31 okt 07:53
Yangiliklar

Usik CHisoradan 17 kg engil tosh bosdi + FOTO
Oqshomning markaziy jang superog'ir vazn toifasida bo'lib o'tadi va unda birinchi engil vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni ukrainalik Aleksandr Usik hamda chempionlik kamariga sobiq davogar britaniyalik Derek CHisora o'zaro to'qnash keladi.
Bugungi jang oldidan bokschilar ananaga muvofiq tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Unda britaniyalik bokschi raqibidan deyarli 17 kilogrammga og'irroq chiqdi. CHisora - 115,9 kg, Usik esa 98,5 kg tosh bosdi.
Eslatib o'tamiz, bu Usik uchun superog'ir vazndagi ikkinchi jang bo'ladi. U debyut jangini 2019 yilning oktyabr oyida o'tkazgan va o'shanda CHazz Uizerspunni mag'lubiyatga uchratgan edi. CHisora esa so'nggi jangida Devid Praysdan ustun kelgandi.
Fikrlar