24 sen 19:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik: CHisoraga qarshi jang men uchun haqiqiy sinov bo'ladi
Ukrainalik bokschi Aleksandr Usik Derek CHisoraga qarshi bo'lajak jangi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Jang 31 oktyabrga belgilandi.
"Men boksni juda sog'indim. 31 oktyabr kuni haqiqiy shou namoyish etish uchun mashg'ulot lagerida qattiq tayyorgarlik ko'rdim. Derekka qarshi jang men uchun haqiqiy sinov bo'ladi. CHunki u kuchli va chidamli. Bundan tashqari u qattiq zarba bera oladigan katta yigit.
Og'ir vazn toifasida mutlaq chempion bo'lib, cho'qqiga chiqdim. Endi huddi o'sha yo'ldan superog'ir vazn bokschisi sifatida ketmoqdaman. Bu yo'lda men jahon saviyasidagi bokschilar bilan jang qilaman va oldimda Derek turibdi", - dedi Usik.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar