26 noy 13:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik - Fyuri jangi uchun Joshua ortga chekinadimi?
Entoni Joshuaning menejeri Eddi Xirn mijozi hech qanaqasiga Usik - Fyuri jangi uchun revanshdan voz kechmasligini malum qildi.
"Bu umuman muhokama qilinadigan gap-so'zlar emas. Usikka qarshi revansh bo'ladi va biz keyingi haftada Krasyuk bilan muzokaralar stoliga o'tiramiz", - dedi Xirn.
Eslatib o'tamiz, Usik va Joshua o'rtasidagi ilk jangda ukrainalik bokschi raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgandi. Joshua esa mag'lubiyatidan keyin zudlik bilan revansh olishini aytgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar