30 okt 12:14
Yangiliklar
Boks/MMA
Usik - Fyuri mutlaq jahon chempionlik jangi bekor qilindi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempionligi uchun o'tkazilishi kerak bo'lgan jang rasman bekor qilindi.
Bu haqda vaziyatga yaqin qator nashrlar xabar bermoqda. Ushbu jangning 23 dekabr kuni o'tkazilishi kutilayotgandi. Ayrim xabarlarga ko'ra, Fyuri butunlay boksdan ketib, faoliyatini yakunlashi ham mumkin ekan. Endi prof boks korchalonlari Ngannu - Uaylder jangini tashkil etish bo'yicha harakatlarni boshlashadi.
Malumot uchun, superog'ir vaznda so'nggi bor 1999 yilda mutlaq chempioni aniqlangan edi. O'shanda Lennoks Lyuis va Evander Xolifild o'zaro jang o'tkazishgan va unda Lyuis ochkolar evaziga g'alaba qozonib, WBC, WBA va IBF kamarlari sohibiga aylangandi. U paytda hali WBO kamari yo'q edi.
Havola :
Fikrlar