01 iyu 08:29
Yangiliklar
Boks/MMA
Usik - Joshua revansh jangi kechiktirilishi mumkin
Aleksandr Usik va Entoni Joshua o'rtasidagi 23 iyul sanasiga belgilangan revansh jangi kechiktirilishi mumkin.
Bu haqda promouter Eddi Xirn malum qilgan. Eddining qo'shimcha qilishicha, shunday vaziyat sodir bo'lgan taqdirda, jang sanasi uzog'i bilan ikki haftaga kechiktiriladi.
"Biz jangni 23 iyul kuni o'tkazish ustida ish olib bordik. Ikkala tomon ham barcha shartlarga rozi, jangni rasman elon qilishga deyarli tayyormiz. Muammo shundaki, yakunlashimiz kerak bo'lgan barchasi — qog'oz ishlari edi. U reja qilinganidan 10 kun ko'p vaqtimizni oldi. SHunday bo'lsada, barchasi kelishilgan, tayyor turing", - dedi Xirn IFL TV nashriga.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar